Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvaytda Agility Logistics raisi Xenadi al-Solih bilan uchrashdi. Kompaniya O‘zbekistonda Ko‘rfaz mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beradigan qo‘shma logistika markazini qurmoqchi. Prezident, shuningdek, qator kompaniya vakillarini ham qabul qildi.
Prezident Namangandagi yig‘ilishda viloyatning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish va Nanay qishlog‘idagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportidagi bo‘sh maydonda yuk terminali ishga tushiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting